Fasad izolyatsiyasi uchun dyubel-zont
Tosh paxta va penoplastni mahkam ushlaydi. Saytda buyurtma bering — tayyor bo‘lganda xabar beramiz, keyin Yakkasaroydan olib ketasiz.

Pachka narxi
445 000 so‘mdan
O‘lchamlar
135 · 155 · 185
- Faqat pachkada500 dona + 500 mix
- Olib ketishYakkasaroy, Bobur 72-74B
- Qulay to‘lovClick · Payme · Perechisleniye
- Telegramda xabarTayyor bo‘lganda yozamiz
Dyubel-zontlar
Narxlar 1 pachka uchun · 500 dona dyubel + 500 dona metall mix
Woolstone TV
Nechta pachka kerakligini hisoblang
Devor maydoni va izolyatsiya qalinligini kiriting — kerakli o‘lcham, dona va pachka sonini hisoblaymiz.
O‘lcham qoidasi: dyubel uzunligi = izolyatsiya qalinligi + yelim (~10 mm) + devorga kirish (~50 mm).
Natija

Tavsiya etilgan o‘lcham
8×135
- Kerakli dona
- 1 260
- Pachka
- 3
200 m² × 6 + 5% = 1 260 dona. Kesish va burchaklar uchun +5% zaxira qo‘shildi. Hisob taxminiy. Aniq miqdorni menejer tasdiqlaydi.
Nega Woolstone
Sifat nazorati
Har bir partiya o‘lcham va mustahkamlik bo‘yicha tekshiriladi.
Ochiq narxlar
1 dona va 1 pachka narxi saytda aniq ko‘rsatilgan.
Tayyor buyurtma
Menejer tasdiqlagach, buyurtmangiz kelishingizga tayyorlab qo‘yiladi.
Bepul maslahat
Menejer kerakli o‘lcham va pachka sonini hisoblab beradi.
Quruvchilar, do‘konlar va dilerlar uchun
Doimiy hamkorlarga maxsus narxlar, buyurtmani ustuvor tayyorlash va shaxsiy menejer. Pul o‘tkazish (perechisleniye) orqali to‘lash mumkin.
Qanday buyurtma beriladi
- 1
O‘lchamni tanlang
Kerakli o‘lcham va pachka sonini savatchaga qo‘shing.
- 2
Buyurtma bering
Ism, telefon va mashina raqamingizni qoldiring.
- 3
Olib keting
Menejer tasdiqlagach, Yakkasaroy, Bobur 72-74B dan olib ketasiz.
Dona qilib sotasizlarmi?
Yo‘q, faqat pachkada sotamiz. 1 pachkada 500 dona dyubel va 500 dona metall mix bor.
Qaysi o‘lchamni tanlashim kerak?
Dyubel uzunligi = izolyatsiya qalinligi + yelim qatlami (~10 mm) + devorga kirish (~50 mm). Taxminan: 8×135 — 75 mm gacha, 8×155 — 95 mm gacha, 8×185 — 125 mm gacha bo‘lgan izolyatsiya uchun. Kalkulyator sizga mos o‘lchamni ko‘rsatadi.
1 m² ga nechta dyubel kerak?
Odatda 5–8 dona. Past binolarda 5 dona yetadi, baland binolarda, bino burchaklari va chetlarida 8 donagacha qo‘yiladi.
Yetkazib berasizlarmi?
Yo‘q, yetkazib berish xizmati yo‘q. Buyurtmani Toshkent, Yakkasaroy tumani, Bobur ko‘chasi 72-74B manzilidan olib ketasiz. Buyurtmada mashina raqamingizni yozasiz.
Savolingiz bormi?
Raqamingizni qoldiring — menejer qo‘ng‘iroq qilib, o‘lcham va narxni aytadi.
