Asosiy mazmunga o‘tish
Du–Ju, 09:00–17:00+998 77 157 27 27
Wool Stone

Savol-javob

Mijozlarimiz eng ko‘p beradigan savollar.

Dona qilib sotasizlarmi?

Yo‘q, faqat pachkada sotamiz. 1 pachkada 500 dona dyubel va 500 dona metall mix bor.

Qaysi o‘lchamni tanlashim kerak?

Dyubel uzunligi = izolyatsiya qalinligi + yelim qatlami (~10 mm) + devorga kirish (~50 mm). Taxminan: 8×135 — 75 mm gacha, 8×155 — 95 mm gacha, 8×185 — 125 mm gacha bo‘lgan izolyatsiya uchun. Kalkulyator sizga mos o‘lchamni ko‘rsatadi.

1 m² ga nechta dyubel kerak?

Odatda 5–8 dona. Past binolarda 5 dona yetadi, baland binolarda, bino burchaklari va chetlarida 8 donagacha qo‘yiladi.

Yetkazib berasizlarmi?

Yo‘q, yetkazib berish xizmati yo‘q. Buyurtmani Toshkent, Yakkasaroy tumani, Bobur ko‘chasi 72-74B manzilidan olib ketasiz. Buyurtmada mashina raqamingizni yozasiz.

Qanday to‘lasa bo‘ladi?

Naqd, plastik karta yoki pul o‘tkazish (perechisleniye). Saytda onlayn to‘lov tugmasi ko‘rinsa, Click yoki Payme orqali ham to‘lashingiz mumkin.

Perechisleniye qanday ishlaydi?

Buyurtmada kompaniya nomi va STIR (INN) ni kiritasiz. Menejer hisob-faktura yuboradi. To‘lov hisobimizga tushgach, mahsulotni olib ketasiz.

Buyurtma qachon tayyor bo‘ladi?

Menejer buyurtmani tasdiqlaganda muddatini aytadi. Telegram orqali kuzatsangiz, tayyor bo‘lganda xabar olasiz.

Katta hajm uchun chegirma bormi?

Ha. Ko‘p pachka olsangiz yoki diler bo‘lsangiz, narx alohida kelishiladi. “Ulgurji va dilerlik” bo‘limidan ariza qoldiring.

Javob topa olmadingizmi? Menejerga yozing.